Методика проведения внеклассного мероприятия посвященное увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан И.А.Каримова

2017-yil 27-may kuni Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Методика проведения внеклассного мероприятия посвященное увековечении памяти Первого Президента Республики Узбекистан И.А.Каримова” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Amaliy seminar “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Seminarda malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fani o‘qituvchilari tinglovchilari qatnashdilar.

“Darhaqiqat, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat hamda siyosat arbobi, xalqimizning ulug‘ va ardoqli farzandi Islom Abdug‘anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi, — deydi Ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Akbar Tagaev ochilish marosimida. — Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis hamda tahlikali vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Bugungi tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad u kishi boshlab bergan ulug‘vor ishlarning beqiyos ahamiyatini o‘qituvchilarimizga keng tushuntirishdan iboratdir”.

Amaliy seminarning asosiy mazmun-mohiyati: “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasi”ning ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining  2017-yil 26-yanvardagi  30-sonli buyrug‘i bo‘yicha respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida “2-sentabr kuni – Xotira kuni” sifatida yod etish tadbirlarni tashkil etilish muhokamasi va tadbirlarni metodik jihatdan tashkillashtirish va o‘tkazish.

Bundan tashqari seminarda umumta’lim maktablari uchun metodik tavsiya, dars ishlanmasi va taqdimotlar ishlab chiqildi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!