Arxeolog olim bilan uchrashuv

Toshkent shahar XTXQTUMO institutida  2017-yilning 20-iyunida  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Arxeologiya  instituti  bo‘limi boshlig‘i tarix fanlari doktori  Abdulhamid Anorboyev  bilan “O‘zbek davlatchiligi tarixi: tadqiqot va izlanishar”  mavzusi  uchrashuv   bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda  institutning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha  prorektori v.v.b. N.Narziyev, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Toshkent shahri maktablarining tarix fani bo‘yicha  tinglovchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvni  institutning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy  ishlar bo‘yicha  prorektori v.v.b. N.Narziyev ochib berdi.  Arxeolog olim, tarix fanlari doktori A.Anorboyevning ilmiy izlanishlari va  O‘zbekistonning qadimgi  davrlarini o‘rganishda qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berdi.

Arxeolog olim A.Anorboyev  o‘zbek davlatchiligining   shakllanishi, o‘ziga xos jihatlari hamda rivojlanish bosqichlarini arxeologik tadqiqotlar bilan bog‘lagan holda izohlab berdi. Uchrashuvda Farg‘ona vodiysida shakllangan qadimgi davlatchilik tizimi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida bo‘lib o‘tgan munozara jarayonida tinglovchilar olimga o‘zlarini qiziqtirgan  savollar bilan murojaat qilishdi. Jumladan:   Qadimiy shahar Ershining joylashgan hududi, Axsikentda olib borilgan tadqiqotlar,  qadimgi Farg‘onaning  Xitoy manbalarida yoritilishi va uning tahlili to‘g‘risida bergan savollariga javob oldilar.   Shuningdek,  tarix darslarini o‘tish jarayonda vujudga kelgan  muammoli vaziyatlarga ham oydinlik kiritildi.

Uchrashuvdan   “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va tarix fani bo‘yicha malaka oshirayotgan o‘qituvchilar ko‘plab   qo‘shimcha yangi  ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.  Uchrashuv qiziqarli, sermazmun va yangiliklarga boy holda  o‘tdi.    


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!