Ayollarimizga ehtirom!

Ma’lumki mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatini yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarining hamda ularda ta’lim-tarbiya berayotgan soha mutaxassislarining malakasini oshirish bu boradagi islohatlarning muhim qismi hisoblanadi.

Toshkent shahar xalq ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasining katta o‘qituvchisi G.Ualiyeva rahbarligida  Bolalar musiqa va san’at maktabi kurs tinglovchilari ishtirokida institutning professor-o‘qituvchilari va  tinglovchilari uchun “8 Mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan konsert dasturini tashkil etishdi.

Dasturda kurs tinglovchilari tomonidan “Bahor valsi”, (M.Mirzayev musiqasi)ni ijro etish bilan boshlandi. O‘zbek milliy qo‘shiqlaridan “Kuyla dutorim”, “Janon bo‘laman”, xalq kuylaridan “Tanovar”, “Qo‘sh tor” va boshqalar ijro etildi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!