Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat

Institutimizda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirokida 2017-yilning 12-aprel kuni “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zR FA Temuriylar tarixi Davlat muzeyining “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi mudiri, t.f.n. I.Jamolxoji va shu bo‘limning katta ilmiy xodimi t.f.n. O.Raxmatullayeva ishtirok etdilar.

Ular tadbirda qatnashgan institut professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarga sohibqiron Amir Temurning hayotiy faoliyati, insoniylik fazilatlari va donishmandligi to‘g‘risida yozma manbalarda berilgan ma’lumotlardan umumta’lim maktablarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida samarali foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar XTXQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.B.Shermuxamedova “Amir Temurning “Temur tuzuklari”da davlat va huquq masalalari”, shu kafedra dotsenti N.A.Egamberdieva “Amir Temur va uning farzandlari tarixi”, shu kafedra katta o‘qituvchisi A.R.Mamataliyev “O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida buyuk sohibqiron Amir Temur siymosiga munosabatlari” mavzularidagi ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

Tadbirda Amir Temur haqida hujjatli filmning namoyish qilinishi ma’naviy –ma’rifiy tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi. Bu ayniqsa, tadbir yakunida o‘tkazilgan munozarada o‘z aksini topdi.
Tadbirda institut axborot-resurs markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasida Sohibqiron Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan yangi nashr qilingan kitoblar namoyish qilindi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!