2019 yil 18 aprel kuni hududiy markazning faollar zalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 16 avgustda “2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yulduz Maxmutazimova MTM til о‘qituvchilari tashabbusi bilan “Dunyo bо‘ylab sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. Ushbu tadbirga dutor ijrosidagi yoqimli kuy va maktabgacha ta’lim muassasalarining jajji bolajonlari ishtirokidagi she’r va qо‘shiqlar, kichik sahna namoyishi taqdim etildi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda til о‘qituvchilarining dunyo davlatlariga sayohati ularning musiqali va mazmunli taqdimotida namoyish etildi.
Shuningdek, tinglovchilarning rivojlantiruvchi sо‘z о‘yinlari bо‘yicha о‘tkazilgan shartda ularning faolligini barchaga taqdim etishdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir barcha ustozlar va tinglovchilar uchun ma’naviy ozuqa bо‘ldi. Ularda katta taassurot qoldirdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: