Piktografika

Piktogramma (lot. pictus-chizilgan va yunon. Γράμμα – yozuv) – ob’yekt, predmet yoki hodisalarning muhim jihatlarini aks ettiradigan belgi yoki ramziy belgi. Piktogramma aksariyat hollarda sxematik ko‘rinishda taqdiim etiladi.

Piktogrammadan ilk yozuvlar paydo bo‘lgan davlarda ham foydalanilgan, u tasvirlarni ramzlar sifatida ishlatishda xizmat qilgan. Odatda piktogrammma ma’lum ob’yektga mos, ob’yektning tipik jixatlarini yaqqol aks ettiradigan ma’lumotni taqdim qilish maqsadida foydalaniladi.
Yozuvlarning bir turi sifatida Piktografiya yozuvi ham mavjud, unda aks ettirilgan belgilar (piktogrammalar) ifodalanayotgan ob’yektning xususiyati yoki shu ob’yektga xos jihatlarni aks ettiradi.
Piktografiya yozuvlaridan mesopotamiya, misr, xitoy, atsiteklar va shu kabi madaniyat o‘choqlari yozuvlarining shakillanishi davrida foydalanilgan.
Bugungi kunda ham piktografiya yozuvini uchratish mumkin, Tibet tog‘lari etagida yashovchi kam sonli Nasi xalqining Dongba (dunba) yozuvi ayni piktografiya yozuviga ta’luqli.
Hozirgi davrda piktogrammalar tilining ko‘pdarajali xarakterini aks ettirishga qodir bo‘lgan va hammamizga ma’lum alifbo yozuvidan farqli o‘laroq, tor sohada hamda ikkinchi darajali (masalan yo‘l belgilari, znachoklar – EHM foydalanuvchilarining grafik interfeysi elementlari va boshqalar) ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.

Informatikada piktogrammani znachok, foydalanuvchilarining grafik interfeys elementlari, videoekranda fayl, programma va shu kabilarni identifikatsiya qilishda foydalaniladigan kichik tasvirlar sifatida ko‘rish mumkin.

Piktogramma dizayn sohasida ham o‘z o‘rniga ega, grafik tasvirlarni vizual qabul qilishda hodisa va jarayonlarni yoki amalga oshiriladigan hatti-harakatlarni soddaroq qilib tushuntirish maqsadida, oson taniladigan va o‘ziga xos stilda tasvirlashda xizmat qiladi.

Piktogramma predmedlarning xarakterli jixatlarini kuchaytiradi.
Misol uchun – kasalxona, (qizil xoch), avtomobil turar joyi (“P” belgisi), xojatxona (uch burchak shaklidagi odamchalar tasviri) kabi tushunchalarning belgilarini misol qilish mumkin.

TA’LIM JARAYONIDA PIKTOGRAMMALARDAN FOYDALANISH UCHUN 7 TA SABAB:
1. Kasbni o‘rgatishda motivatsiya uyg‘otadi .
2. Texnika xavfsizligi qoidalari va texnologik operatsiyalar ketma-ketligini aks ettirishda katta hajmdagi axborotni taqdim etish imkoniyatini beradi;
3. Amalga oshiriladigan hatti harakat yoki shu ob’yektga nisbatan ruxsat berilgan yoki ma’n etilgan qoidalarni aks ettirish uchun o‘quvchini charchatadigan uzundan uzoq matnlar yozilmaydi;
4. Kasbni o‘rganish uchun amalga oshiriladigan hatti harakatlar ketma-ketligi sodda va esda qoladigan darajada kichik o‘lchamdagi sathda aks ettiriladi;
5. Ramziy belgi aks ettirilganda eslab qolish ya’ni o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi ortadi;
6. Hissiyotlarni aks ettirish imkoniyati paydo bo‘ladi;
7. Ta’lim oluvchini rag‘batlantirish imkoniyatini beradi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!