Yurtimizda farahbaxsh Navro‘z ayyomi kezib yuribdi. Ushbu go‘zal faslda har kuni ommaviy axborot vositalari orqali el ardog‘idagi taniqli kishilarning joylarda xalq bilan uchrashuvlari tashkil etilayotganligi quvonarli xolatdir. Respublikamiz aholisining yarmini ayol-qizlar tashkil etishini inobatga olinsa, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan ishlarning salmoqli qismi ayollar zimmasiga tushadi. 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi ham bejiz emas albatta. El suygan san’atkorlarimiz ham joylarda ijodiy uchrashuvla rtashkil etib, xalq orasida sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib etib bormoqdalar.
Yurtimzda barcha jabhalarda bo‘lgani singari xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni va haq-huquqlari borasida ham ulkan islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Institutimizda ham xotin-qizlarning jismonan, ruhan, ma’nan sog‘lom va salohiyatli bo‘lishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Insonning ma’naviyati va ruhiyatini ko‘tarish uchun turli tadbirlarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta’kidlagan xolda institute xotin – qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2017 yilning 31 mart kuni O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida faoliyat yuritayotgan, bir qator spektakllar va badiiy filmlarda mahorat bilan jamiyatda faol ayol, oilada mehribon ona, qaynona rollarini qoyilmaqom qilib o‘ynagan el suygan san’atkor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir Navro‘z faslida o‘tkazilayotganligi uchun “Xush kelding Navro‘z!” deb nomlandi. Ushbu tadbirda institute xodimlari bilan birga tinglovchilar ham ishtirok etdilar. Tadbirda xotin-qizlarning oilada va jamiyatda tutgan o‘rni, yosh avlod tarbiyasida oqituvchining xizmati to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Ra’no Yarasheva o‘z ijodidan bahor, oila, ota-ona haqidagi she’rlarni taqdim etdi.Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
Bunday uchrashuvlarning tashkil etilishi, el tanigan sanatkorlarning xalq bilan uchrashuvi albatta ma’rifat – madaniyat targ‘ibotiga va inson ma’naviyatining yuksalishiga katta hissa qo‘shishi shubhasizdir.
TShXTXQTMOI xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S. Shermuxamedova
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: