Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-F-sonli farmoyishi ijrosi to‘g‘risida”gi 46-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 20 oktyabr kuni “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi sifati va samaradorligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjuman tashkilotchisi: Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha tashkil etiladi:
1-sho‘ba – Xalq ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarini malakasini oshirish sifatini rivojlantirish masalalari: muammo va yechimlar.
2-sho‘ba – Ta’limda ijtimoiy fanlarni o‘qitishdagi kompetensiyaviy yondoshuvlar: innovatsiya va zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
3-sho‘ba – Til va adabiyot ta’limini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy – pedagogik asoslari.
4-sho‘ba – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari.
5-sho‘ba – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sifat – samaradorligini oshirishda zamonaviy yondoshuvlar.
Anjuman materiallari to‘plam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan.
Anjumanning rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Anjuman uchun tayyorlanadigan ilmiy maqolalar mazmuniga qo‘yiladigan talablar:
- Maqola malaka oshirish tizimidagi ta’lim sifati va samaradorligini yanada takomillashtirishning ilmiy-nazariy, metodologik masalalariga qaratilishi lozim.
- Maqolada kichik ilmiy yoki ilmiy-metodik muammo ko‘tarilishi hamda uning yechimi ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
- Ilmiy maqolalarda taklif etilayotgan g‘oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati yoritib berilishi lozim.
Anjuman uchun tayyorlanadigan maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
- Maqolalar matnlari MS WORD matn muharriri yordamida
Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilgan holda tayyorlanishi lozim. - Matn sarlavhasi katta harflar bilan qoraytirib (“жирный”) yozilishi kerak, undan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, so‘ng matni keltirilishi lozim.
- Maqolaning ingliz, rus va o‘zbek tillarida rezyumesi (2-3 jumlada), tayanch tushunchalar esa matn izchilligida rasmiylashtiriladi. Jadvallar, chizmalarning raqamlari va yozuvlari ust qismga joylashtiriladi.
- Havolalar sahifa tagida beriladi, unda adabiyotning muallifi, nomlanishi, nashriyoti, nashr yili, fikr olingan beti asoslangan sahifasi ko‘rsatiladi hamda o‘rnatilgan tinish belgilari tizimiga amal qilinadi.
- Maqolalar hajmi 3 bet hajmdan kam bo‘lmasligi, 5 bet hajmdan oshmagan holda bir nusxada va elektron variantda 2017–yilning 30–sentabr kuniga qadar tahrirdan chiqarilib, belgilangan talablar darajasida tashkiliy qo‘mitaga yetkazilishi lozim.
- Har bir muallifdan 2 (ikki) tadan ortiq maqolalar qabul kilinmaydi.
Maqolalar ilmiy saviyasi bo‘yicha tashkiliy ko‘mita tomonidan tanlab olinadi. Qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va qo‘lyozmasi muallif(lar)ga qaytarilmaydi.
Bayon etilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi hamda metodik jihatlari bo‘yicha muallif(lar) mas’uldir.
Anjuman materiallari mualliflarning oldindan to‘langan badallari hisobidan chop etiladi (har bir maqola uchun – 30 ming so‘m).
Institut bank rekvizitlari: | |
Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. Toshkent shahri. G‘aznachilik boshqarmasi. |
|
G‘azna INN: | 201 122 919 |
G‘azna h/r: | 2340 2000 3001 0000 1010 |
Markaziy bank. Toshkent shahar bosh boshqarmasi. | |
MFO: | 00014 |
Institut sh/x: | 4001 2186 0262 7779 5010 0075 003 |
INN: | 300 259 412 |
OKONX: | 92200 |
Anjumanda qatnashish uchun har bir ishtirokchi quyidagi namunadagi talabnomani to‘ldirishi shart:
1. | Ishtirokchining F.I.SH. |
2. | Sho‘ba nomi |
3. | Maqolaning mavzusi |
4. | Lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni |
5. | Ish joyi |
6. | Mobil yoki ish joyi telefoni (maxsus kodi bilan) |
7. | E-mail: |
Manzil:Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy.
Murojat uchun telefonlar: (0-371) 215-50-94, 215-59-66
E-mail: anjuman2017@inbox.uz, berdiev_sunnat@mail.ru
Mas’ullar: S.Berdiyev (94) 694-33-78; L. Gaynutdinova (97) 707-59-16
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: