O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yilning 16-yanvarida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yilga mo‘ljallangan chora tadbirlar dasturi”ning 11-bandida belgilangan vazifani amalga oshirish yuzasidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda qo‘shma buyruq tayyorlangan. Birinchi chorakda Yakkasaroy tumanidagi 100-maktab bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 12–14-fevral kunlari Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHM kafedra mudirlari va o‘qituvchilari Yakkasaroy tumanidagi 100-maktabga amaliy yordam ko‘rsatish doirasida maktabning rahbariyati bilan uchrashdilar va maktabdagi mavjud vaziyatni tahlil qildilar hamda maktab o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazdilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: