Har bir bola iqtidor egasi

Har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir. Shuning uchun zamonaviy malakali pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo‘nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitni yaratish, o‘quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna ol ish va malakali yordam bera olishdir.

2019 yil 18 aprel kuni Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHMning “Aniq va tabiiy fanlar ta’limi” kafedrasi tomonidan biologiya yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ToshPTI litseyida ko‘chma mashg‘ulot o‘tkazildi.

Ko`chma mashg`ulotda aynan iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash yuzasidan litsey direktori hamda xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlayotgan litsey o‘qituvchilari  bilan suhbatlashildi. Shuningdek, litsey biologiya o`quv-laboratoriya  xonasida mashg`ulot o`tkazildi.

Bu kabi ko`chma mashg`ulotlar maktab o`qituvchilari amaliyoti uchun muhim ahamiyatga ega.

 


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!