Hududiy markazda onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida “Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tinglovchilarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirishning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Unda hududiy markazlarning direktorlari, professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi “Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi” bosh mutaxassisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Suluv Xamidovaning kirish so‘zi bilan boshlandi.

Onlayn konferensiyada malaka oshirish jarayonidagi dolzarb bo‘lgan quyidagi:

  • malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi sifatini va samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalar va ularni ommalashtirish usullari;
  • malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tinglovchilarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirishning nazariy va metodologik masalalari;
  • zamonaviy innovatsion texnologiyalar – innovatsion faoliyatga yo‘naltirishning asosi sifatida;
  • malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari innovatsion salohiyatini rivojlantirish (TIMSS, PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari asosida) kabi dolzarb muammolar va ularning yechimlari muhokama etildi.

 

 


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!