2019-yil 5-aprel kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida ushbu universitet huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi “Biologiya o‘qituvchilari” yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ko‘chma mashg‘ulot o‘tkazildi. Ko‘chma mashg‘ulotda L.N.Tolstoy nomidagi Tula Pedagogika Universiteti dotsenti N.S. Kartashovaning “Проектное обучение, его реализация в средней и высшей школе” mavzusidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsi maktab o‘qituvchilari uchun zarur metodik yordam ekanligi malaka oshirish kursi tinglovchilari tomonidan e`tirof etildi.
“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Tog‘ayeva hamda tinglovchilar tomonidan Rossiya maktablarida biologiya fanini o‘qitish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga rossiyalik mutaxassis tomonidan javob oldilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: