Ko‘chma mashg‘ulot

2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi ­Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289 Qarori, 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3931 Qaroriga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmuni takomillashtirildi.

Mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018-o‘quv yilidan maktablarda 11 yillik o‘rta ta’limning joriy etilishi ham o‘z navbatida o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi. Ayni paytda o‘qituvchilarning yuqorida keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari joriy qilindi.

Shunday mexanizmlardan biri ko‘chma mashg‘ulotlardir. Ko‘chma mashg‘ulotlar mutaxassislik modullari doirasida fan va texnika yutuqlari, fanni o‘qitish metodikasi sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar talablar darajasida moddiy-texnika ta’minoti, mazkur malaka toifasi bo‘yicha tajribali professor, o‘qituvchi va mutaxassislari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislik kafedralari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ijtimoiy soha tashkilotlarida tashkil etiladi.

Xususan, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHMning “Aniq va tabiiy fanlar ta’limi” kafedrasi tomonidan kimyo yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ToshPTI litseyida ko‘chma mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Mazkur litsey akademik litsey tabiiy fanlar yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan. Litsey 21 yillik tarixi mobaynida minglab o‘quvchilarga taxsil berish bilan birga, O‘zbekiston iftixori bo‘lgan Olimpiada g‘oliblarini ham tayyorlab, ham tarbiyalab kelmoqda. ToshPTI akademik litseyi so‘nggi 10-yil davomida Kimyo bo‘yicha Xalqaro Mendeleyev va Butun dunyo fan Olimpiadalarida qatnashish sharafiga ega bo‘lib kelmoqda. Shu qisqa muddat ichida litsey o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro maydonda munosib ravishda ko‘rsatib ulgurdilar. Ustozlarning mashaqqatli mehnati o‘z samarasini bergani bunga dalil.

Ko‘chma mashg‘ulotda litsey direktori hamda xalqaro olimpiadaga o‘quvchilarni tayyorlayotgan o‘qituvchilar bilan suhbatlashildi. Dars jarayoni kuzatildi. Shu bilan bir qatorda maktabda 10–11-sinflarda kimyo fani o‘qitish yuzasidan metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!