“Mahorat maktabi” estetika fanlarida

TShXTXQTMOI “ Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchilari Q.Mirahmedov va G. Ualieva 2017-yil 2-may kuni Bektemir tumanidagi 293-maktabda o‘tkazilgan “Mahorat maktabi” estetika fanlarida deb nomlangan o‘quv amaliy seminarida qatnashdilar.

Seminarida   G.Ualieva  “O‘zbek zamonaviy musiqasi darslarida AKT orqali interaktiv metodlardan foydalanish”mavzusi bilan, Q.Mirahmedov “Tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati” deb nomlangan mavzulari bilan ishtirok etdilar.

2017-yil  12-may kuni Yunusobod tumanidagi 265-maktabda “Yoz o‘tmoqda soz” shiori ostida estetika fanlari turkumiga  kiruvchi fan o‘qituvchilarining amaliy seminar treninggi o‘tkazildi.

Seminarda“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchilari Q.Mirahmedov va G. Ualievalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

G.Ualieva “Musiqa madaniyatini rivojlantirishda AKT va interfaol usullardan foydalanish” mavzusi bilan, Q.Mirahmedov “Tasviriy san’at to‘garagini samarali tashkil etishda AKT va interfaol  usullardan foydalanish” mavzulari bilan ma’ruza qildilar.

“Mahorat maktabi” estetika fanlari  yo‘nalishlarida o‘tkazilgan  shu kabi seminarlar fan o‘qituvchilarni bugungi kun talabi darajasida dars berishmahoratini shakllantirib pedagogik salohiyatini oshishiga  yordam beradi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!