Mahorat maktablari faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari

E ‘ L O N

 2017-yilning 21-22-aprel kunlari Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-F-sonli farmoyishi ijrosi to‘g‘risida”gi 46-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida

 

XALQ TA’LIMI TIZIMIDAGI “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

 

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha tashkil etiladi:

1-sho‘ba – Xalq ta’limi tizimidagi “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishning zamonaviy tendensiyalari.

2-sho‘ba – “Mahorat maktablari”da o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy mahoratlarini oshirishning ilmiy-nazariy va metodologik masalalari.

3-sho‘ba – “Mahorat maktablari” o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishning innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalari.

4-sho‘ba – “Mahorat maktablari”da faoliyat olib borayotgan ilg‘or, ijodkor, tashabbuskor, fidoyi o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirishning dolzarb masalalari.

 

Murojat uchun telefonlar: (0-371) 215-50-94, 215-52-81, 215-52-93

E-mail: moimahorat@inbox.uz va moimetodist@inbox.uz


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!