Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim texnologiyalari joriy etiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida 2018-2021-yillarda “Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga integratsiyalashgan ta’lim axborot tizimi” loyihasi ijrosiga doir protokol imzolandi.

Mazkur loyiha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) mutaxassislari hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini tashkil qilish (“e-learning”), va “elektron kutubxona” (“e-library”) tizimlarini yaratish, rivojlantirish va amaliyotga joriy etish, oliy o‘quv yurtini ishlab chiqilayotgan dasturiy yechimlarning barcha komponentlari samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun zarur texnik vositalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.

“e-learning” va “e-library” tizimlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining nafaqat axborot-resurs markazi faoliyati, balki o‘quv jarayoniga ham integratsiya qilinadi, ushbu yechimlarni mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida joriy etish bo‘yicha strategik reja ham ishlab chiqiladi.

Bu TATU va uning Samarqanddagi filiali moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ayni paytda ishlab chiqilayotgan tizimlar samaradorligini tekshirish uchun qulay sinov maydonchasini tashkil etish imkonini ham beradi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!