Menga iftixorsan, ona tilim!

2019-yil 19-oktabr kuni Chilonzor tumaniga qarashli 181-o‘rta maktabda Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHMning ona tili va adabiyot fani yo‘nalishi oktabr oyi tinglovchilari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prfessor-o‘qituvchilari hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlab “Menga iftixorsan,ona tilim!” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Adabiy-badiiy kechada asrlar osha o‘z ijod mahsullari, shu tilda bitgan asarlari orqali tilimizni asrab-avaylab, boyitib biz avlodlarga yetkazgan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Avaz O‘tar kabi buyuk ajdodlarimizning o‘rni beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi. Ijodkorlar ijodidan namunalar aytildi va Qo‘qon adabiy muhitida yashagan shoiralarimiz ijodlari sahna ko‘rinishlarida namoyish etildi.
Hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tilining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalari haqida markaz direktori Sirojiddin Jumanazarov ona tili va adabiyot fani yo‘nalishi tinglovchilarini o‘zbek tilining kelajak istiqbollari haqida bahs-munozaraga chorladi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!