Joriy yilning 23-iyun kuni maktabgacha ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha metodistlar maktabi tashkil etildi. N.Jо‘rayeva rahbarligida dastur tuzilib quyidagi katta о‘qituvchilar jalb etildi: Sh.Musayeva, F.Tursunova va M.Djumaboyevalar. Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 4-fevraldagi 33-sonli “Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy о‘rta ta’lim maktablari xodimlarining ish hujjatlarini yuritish tо‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida tuman metodistlari bilan tarbiyachilar tomonidan yuritiladigan optimallashtirilgan ish xujjatlari haqida qizg‘in fikr yuritildi. “MS Publisher” dasturida ishlash kо‘nikmalarini shakllantirish bо‘yicha amaliy topshiriqlar bajarildi.
Metodist – uzluksiz metodik xizmat kо‘rsatish tizimining bosh ijrochisi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: