Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHMda 9-fevral kuni A.Navoiy tavalludining 578-yilligi munosabati bilan “Navoiy – buyuk ijod sohibi” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni hududiy markazning direktori S.Jumanazarov kirish so‘zlari bilan ochib berdi.
Mehmon, iste’dodli shoir G‘afurjon Tojiboyev buyuk mutafakkirning ijodi yuzasidan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga aloqador ma’lumotlarini yetkazdi va o‘zi yozgan she’rlardan namuna o‘qidi. Fevral oyida malaka oshirayotgan “Ona tili va adabiyot” fani tinglovchilari A.Navoiy ijodiga oid badiiy chiqishlari bilan ishtirok ettilar. Tadbir so‘ngida ARM xodimlari tomonidan A.Navoiy ijodini yoritib beruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Navoiy – buyuk ijod sohibi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: