Ochiq dars tajriba almashish maydoni

Murg‘ak bolaning ruhi go‘yo oq qog‘ozga o‘xshaydi. Uni yaxshi yozuvlar bilan to‘ldirish esa ota-ona va tarbiyachining vazifasidir

2017-yilning 22-sentyabr kuni “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Nurullo Azimovning “Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari” malaka oshirish (MT137) guruhida “O‘quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsda  kafedra katta o‘qituvchilari A.Boymatova, D.Tayloqova va “Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazi” xodimi D.Azamatovalar ishtirok etishdi.

Ochiq dars davomida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini maktabga psixologik (ruhiy) tayyorgarligida ularning nutqi, talaffuzi, ijodiy tafakkuri, so‘z boyligini shakllatirilishining psixologik (ruhiy) tomonlarini bosqichma-bosqich misollar bilan taqdimotlar orqali malaka oshirayotgan tinglovchi-tarbiyachilarga   yoritib berildi. Dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan interfaol usullardan foydalanib tinglovchilarga bolaning maktabga ruhiy tayyorlash haqida ma’lumotlar berildi. Ochiq dars yuqori saviyada o‘tdi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!