Ochiq darslar – tajriba almashish maydoni

2017-yilning 20-sentabr kuni “Maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va maxsus ta’lim” kafedrasining katta о‘qituvchisi  Dilrabo Qosimovaning  maktabgacha ta’lim tarbiyachilari malaka oshirish guruhida “Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan  farqi” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsi bо‘lib о‘tdi. Ochiq darsda institutning о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori A.A. Akmalov, kafedra mudiri L.R. Mirjalolova va katta о‘qituvchilardan O. Maxmudova, N. Jо‘rayeva, B. Mingbayeva, D. Maxmudova, M. Sharipova, M.Levkina, G. Alixodjayeva, A. Boymatova, F. Abduraxmonov, D. Azamatovalar ishtirok etishdi. Ochiq darsi yuqori saviyada tashkil etildi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!