2017-yil 16-may kuni «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedra”si katta о‘qituvchisi Gulshan Mamatovaning “Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari” malaka oshirish guruhida “Boshlang‘ich ta’lim ona tili fanidan DTS va о‘quv dasturi, darslik. Multimediyali о‘quv qо‘llanmalar hamda ularning tahlili” mazusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsga institut о‘quv jarayonini tashkil etish bо‘limi boshlig‘i D. Abdurahmonova va kafedra mudiri, L. Mirjalolova, kafedra a’zolari kirishdi.
Ochiq dars boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishlarida ona tili fanidan yangi tahrirdagi kompetensiyaviy yondashuv asosidagi yangi DTS va о‘quv dasturi va darsliklar tahlili, multimedia ilovali metodik qo‘llanmalardan o‘rinli va maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish maqsad qilib qо‘yilgani bilan dolzarbdir. Tinglovchilarga kompetensiyaviy yondashuv asosidagi yangi DTS ning dasturning maqsadi, vazifasi va uning yо‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. О‘quvchilarda ona tili darslari jarayonida bolalarda ijodkorlikni shakllantirish, tinglovchilarning hayotiy va kasbiy kompetentligini oshirish darsning asosiy mazmunini tashkil etdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: