O‘qituvchilikdan – trenerlikka

Joriy yilning 4-7 aprel kunlari Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida fransuz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis, Fransiya respublikasi Professorlar Assambleyasi a’zosi – Elodi Ressush honim tomonidan trener o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan “O‘qituvchilikdan – trenerlikka” deb nomlangan seminarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish va trenerlikka tayyorlash bo‘yicha rejalashtirilgan to‘rtinchi yakuniy bosqichidir.

Seminarda respublikamiz viloyatlaridan jami 53 nafar tajribali fransuz tili o‘qituvchilari taklif etilgan bo‘lib, ular kelajakda hududlarda tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamkasblarini trener sifatida o‘qitishlari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, seminar treneri Elodi Ressush aprel oyida TShXTHQTMOIda chet tili o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ham suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida trener til o‘qitish metodikasining nazariyasi va amaliyotiga doir tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

7-aprel kuni seminar Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida tantanali ravishda yakunlandi va barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Yakunlash marosimi so‘ngida Fransiya respublikasi Professorlar Assambleyasi a’zosi – Elodi Ressush honim O‘zbekiston Respublikasida fransuz tili o‘qitilishi bo‘yicha ko‘rsatgan metodik va amaliy yordami uchun “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi A’lochisi” nishoni bilan taqdirlandi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!