O‘quvlar haqida

Prezidentimiz Farmoni bilan qabul qilingan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish jarayonida barcha yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv dastur va rejalarni yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish zarurdir. Ushbu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 15-martda 140-sonli qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” va 2017-yil 6-aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari” tasdiqlandi. Mazkur kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirilgan DTS ni amaliyotga joriy etish ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini innovatsiya kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etadi.
Shu munosabat bilan 29-may – 1-iyun kunlari Avloniy nomidagi XTXQTMOMI da 574 nafar moderator o‘qituvchilar uchun o‘quvlar tashkil etildi. Toshkent shahar XTXQTMOI dan ham fanlar yo‘nalishida professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha maqsadli o‘quv kurslarining Toshkent shahar bosqichi 2017-yil 6–8-iyun kunlari Toshkent shahar XTXQTMOI da tashkil etildi. Mazkur o‘quvlar 18 soatli o‘quv dasturi asosida tashkil etilib, shundan 10 soat ma’ruza va 8 soat amaliyot mashg‘ulotlaridan iborat.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!