O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan amaliy mashg‘ulot

2017-yilning 13-iyun kuni Toshkent shahar Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M. O‘rolova Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari malakasini oshirish guruhida reja asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati haqida amaliy mashg‘uloti o‘tkazdi.
Amaliy mashg‘ulotda institut o‘quv metodik ishlar bo‘yicha prorektori A.Akmalov, “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri S.Berdiev va 25 nafar tinglovchi ishtirok etishdi. Ochiq dars jarayonida “O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar Strategiyasi”da belgilangan beshta ustuvor yo‘nalishning mohiyati ochib berildi va atroflicha o‘rganildi. Harakatlar strategiyasining IV-yo‘nalishi: “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, 4.5. Yoshlarga doir davlat siyosatini takomillashtirish borasidagi bandlari muhokama qilindi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!