Amaliy xorijiy tillarni o‘qitishning intensiv usullari

NomlanishiAmaliy xorijiy tillarni o‘qitishning intensiv usullari
Muallifi To‘xtayeva Q.D.; f.f.n., dots., RIAIM bo‘lim boshlig‘i; Boysariyeva F.; RIAIM katta ilmiy-xodimi
Taqrizchii Kristin Smart (AQSH); O‘zDJTU “Stilistika” kafedrasi xorijiy mutaxassisi; Alimova K.; O‘zDJTU “Ingliz tilini integrallashgan holda o‘qitish” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Sahifasi106Nashr yili2016
Amaliy xorijiy tilni o‘rganishning intensiv usullari: til ko‘nikmalarini ya'ni so‘zlashish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish amaliyotlarini uyg‘unlikda rivojlantirish orqali uning chet tili malakasini umumevropa standartining B2 dan S1 darajasiga yetkazish. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tinglovchilari kurs davomida turli sohalarda dalillarga asoslangan murakkab bo‘lmagan matnlarni o‘qib to‘liq tushunish, kundalik va yo‘nalish sohasiga oid Internet saytlaridan tegishli ma'lumotlarni topish va tushunish, risolalar, reklamalar, gazeta e'lonlaridan mutaxassislikka oid ma'lumotlarni topish, OAV matnlarining o‘qib asosiy mazmunini tushunish kabi topshiriqlarni bajaradilar. Shuningdek, tinglovchilar tinglab tushunish, gapirish, o‘qish ko‘nikmalariga yozish til ko‘nikmasini integrallashtirgan holda o‘z suhbatdoshiga xat va xabarlar yozish, anketani turli shaxsiy ma'lumotlar bilan to‘ldirish, shaxsiy hamda kasb-hunarga oid kontekstlarda qaydlar va xabarlar yozish, sohaga oid hisobotlar yozish, ariza, rezyume va yo‘llanma xatlar yozish kabi vazifalarni ham bajaradilar.