2019 yil 16 may kuni hududiy markazning faollar zalida Y. Maxmutazimova va MTM musiqa rahbarlari tashabbusi bilan “15-may Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog`lom va ma`naviyatli oila – yurt kelajagi” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Ushbu tadbirga dutor ijrosidagi yoqimli kuy va maktabgacha ta`lim muassasasi musiqa rahbarlari ishtirokida jonli qo`shiq va raqslar, kichik sahna namoyishi taqdim etildi.
Ushbu ma`naviy-ma`rifiy tadbirda 15-may xalqaro oila kuni munosabati bilan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bosh mutaxassisi F.A.Akmalovaning tashrifi tadbirga mazmun bag`ishladi.
Shuningdek, tinglovchilarning jonli ijrodagi kuy-qo`shiqlari, sahna namoyishlari barchaga taqdim etildi va hush kayfiyat berdi.
Mazkur ma`naviy tadbir barcha ustozlar va tinglovchilar uchun ma`naviy hordiq va estetik zavq berdi. Tadbir ularda katta taassurot qoldirdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: