Umumiy qoidalar
Masofadan o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazi (bundan keyin matnda MO‘HMM deb yuritiladi) Toshkent shahridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini masofaviy shaklda amalga oshirishga va ularning ish faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
MO‘HMM o‘z faoliyatida xalq ta’limi vazirligi, markaziy institut, Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan qabul qilingan qarorlarga, vazifalarga amal qiladi.
MO‘HMM Nizomiga muvofiq bevosita institutning o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
MO‘HMM institut kafedralari, tegishli bo‘limlari va vakolati doirasidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Markazning to‘liq nomi: Masofadan o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazi
|
Pochta manzili: 100031, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi, 14-uy. |
MO‘HMMning maqsadi va vazifalari
Markazning maqsadi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishda masofaviy ta’lim shaklini qo‘llash hamda o‘qitishning yangi zamonaviy usullarini qo‘llash orqali malaka oshirish va qayta tayyorlashning imkoniyat va vositalarini kengaytirish, uning sifat va samaradorligini ko‘tarishni Toshkent shahri miqyosida amalga oshirishdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirishning masofaviy shaklidagi kurslarning o‘quv jarayonini amalga oshirish;
- masofaviy shaklda amalga oshirish kurslari o‘quv-reja, dasturlari, o‘quv materiallarini ishlab chiqishda ishtirok etish va amaliyotdan kelib chiqib takliflar kiritish;
- institutda tashkil etilgan masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchilarining o‘quv metodik ta’minotdan sifatli foydalinishini ta’minlash;
- modullar bo‘yicha tyutorlarning o‘quv yuklamalari hisobini olib borish;
- masofaviy kurslarda faoliyat ko‘rsatadigan tyutorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va kurslarga malakali tyutorlarni jalb etish bo‘yicha takliflar kiritish;
- malaka oshiruvchilarning kontakt sessiyalariga qatnashish davomati va ularning o‘zlashtirishining monitoringini olib borish;
- hudud miqyosida masofaviy kurslarda tinglovchilarning o‘quv faoliyati monitoringini olib borish;
- MO‘HMM ixtiyoriga topshirilgan mulkning to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi, ishlatilishi va saqlanishiga javob berish.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: