O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limining vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
institutda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o‘tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;
ularga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilariga belgilangan tartibda sertifikatlar va ma’lumotnomalar berilishini tashkil qilish;
institut professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan institut rahbariyatiga tegishli ma’lumot tayyorlash;
kafedralar tomonidan institutda tashkil etilgan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarining ishchi o‘quv-mavzu rejalari va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor bilan kelishgan holda ularni institut rektori tasdig‘iga kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish;
o‘quv, amaliyva laboratoriya mashg‘ulotlariningyuqorisaviyadatashkil etilishini nazorat qilish;
doimiy ravishda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlari va malaka oshirish toifalari kesimida malaka oshirish rejalariningbajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;
Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: