Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo’limi

Bo‘limning maqsadi va vazifalari

Bo‘limning maqsadi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoringini qilib va sifatini baholab, o‘qitishning yangi zamonaviy usullarini qo‘llash orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonining imkoniyat va vositalarini kengaytirish, uning sifat va samaradorligini ko‘tarish bo‘yicha taklif va mulohazalarni tayyorlashni Toshkent shahri miqyosida amalga oshirishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  •  Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda shahar miqyosida ta’lim muassasalarining pedagogik kadrlar bilan ta’minlanishi ahvolini o‘rganish hamda ularning qayta tayyorlash va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan attestatsiya va tezkor diagnostika shaklida amalga oshiriladigan tashqi nazorat tahlillar natijasi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash va uni amalga oshirishda kafedralarga amaliy, metodik yordam ko‘rsatish;
  • institutda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yilgan Davlat talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so‘rovlari asosida tahlillar o‘tkazish, natijalari haqida ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;
  • shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda institutning kelgusi kalendar yiliga mo‘ljallangan va istiqboldagi qayta tayyorlash
    va malaka oshirish rejalari loyihasini ishlab chiqish;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiya o‘tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baxolash monitoringi mexanizmlarini amalga oshirish;
  • institut kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya uchun test savollari bazasini yaratish hamda ularning yangilanib borishini nazorat qilish;
  • institut kafedralari bilan hamkorlikda tinglovchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni va boshqa muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • kurslar yakunida o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlikni amalga oshirish;
  • belgilangan “Vaqt me’yorlari” asosida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv va pedagogik yuklamalar bajarilish monitoringini olib borish;
  • institut professor-o‘qituvchilari faoliyati reytingini aniqlash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
  • vazirlik va shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va kafedralarga yetkazish hamda ularning ijrosini nazoratga olish.

Bo‘lim tarkibi va malaka tavsiflari

Bo‘lim tarkibi jami 3 shtat birlikka ega:

  • QTMOTJMQSBB boshlig‘i – 1 shtat birlik;
  • QTMOTJMQSBB uslubchisi – 2 shtat birlik;

Bo‘lim boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari:

  • bo‘lim boshlig‘i institut rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi. Institut Nizomi asosida tayyorlangan bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bo‘lim faoliyatini tashkil etadi;
  • xalq ta’limi vazirligi va institut rahbariyatining bo‘lim faoliyati yo‘nalishidagi ko‘rsatma va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazoratini ta’minlaydi;
  • bo‘limning ish rejasini tuzadi va uning bajarilishini ta’minlaydi;
  • bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlaydi;
  • rejada ko‘zda tutilgan metodik ishlarni tashkil qiladi;
  • bo‘limdagi xodimlarni Nizomda belgilangan ishlar bilan ta’minlaydi, mehnat faoliyatini nazorat qiladi;
  • xodimlarning shaxsiy yillik ish rejalarining bajarilishini ta’minlaydi;
  • xodimlarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy bilimlarini oshirishi va ish natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho beradi, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha rektorga takliflar kiritadi;
  • bo‘limga xodimlarni shtat jadvaliga asosan ishga qabul qilish yuzasidan institut rektoriga takliflar beradi.

Bo‘lim uslubchisi lavozimining malaka tavsiflari.

Uslubchi bo‘lim boshlig‘ining bevosita yordamchisi va kuyidagi ishlarni amalga oshirishda mas’ul hisoblanadi:

  • bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda, hisobotlar tayyorlashda faol ishtirok etadi;
  • shaxsiy yillik ish rejasini bo‘lim boshlig‘i bilan kelishilgan holda tuzadi va uni bajarilishini ta’minlaydi;
  • bo‘lim vazifasidan kelib chiqkan holda qayta tayyorlash tizimidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • TXTMFMTT bo‘limlari bilan birgalikda fanlar (toifalar) kesimida xalq ta’limi xodimlari haqida ma’lumotlar bankini yaratadi va uni yangilab boradi;
  • xat va tavsiyalarni tayyorlash, ularni joylarga yetkazish choralarini ko‘radi, ularning bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiladi va bo‘lim boshlig‘iga ma’lumot tayyorlaydi;
  • kurs tinglovchilaridan so‘rovnomalar asosida, kirish-chiqish test sinovlari natijasida olingan ma’lumotlarni, kurs samaradorligini hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bajarilishini ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilib, umumlashtiradi;
  • bo‘lim tasarrufidagi xonalardagi jihozlarni, saqlash va Davlat talablari darajasida jihozlashni amalga oshiradi;
  • bo‘limdagi xonalarni sanitariya-gigiena me’yorlari asosida saqlash ishlarida rahbarlik qiladi;


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!