Umumiy bo‘lim va arxivning vazifalari quyidagilardan iborat:
- Kelib tushgan xujjatlarni qabul qilish , ro‘yxatga olish va xujjat ijrochisiga topshirish, jo‘natilgan xujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Xujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish va tahlil qilib borish, ular to‘g‘risida tegishli hisobotlarni institut retoriga taqdim etish ;
- Institut buyruqlarini ro‘yxatga olish va ijrochilarga yetkazish ;
- Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash davomida tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan ariza, taklif va shikoyatlarni hisobga olish, ularning ijrosi haqidagi ma’lumotlarni tegishli jismoniy va yuridik shaxslarga yuborish;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish, rahbariyatga yetkazish va ularni institut rektori tomonidan qabul qilinishi va tegishli javoblar yo‘llanishini qonunda qo‘rsatilgan me’yorlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash;
- Ta’lim muassasi arxiv xujjatlari katalogini yuritish;
- Institut shaxsiy tarkibining va muassasa faoliyatiga oid bo‘lgan xujjatlarning but saqlanishini ta’minlash.
- Umumiy bo‘lim va arxiv bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.
Institutda har shanba kuni xafta boshidan kelgan xujjatlarning ijrosi bo‘yicha bo‘lim tomonidan rahbariyatga hisobot berib boriladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: