“PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Kafedra shiori: “Tarbiya – biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”.
Kafedraning asosiy maqsadi – tinglovchilarni pedagogika va psixologiyaning asosiy yо‘nalishlari va dolzarb masalalari bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalarini takomillashtirishdir.
Hozirda kafedrada 11 nafar professor-о‘qituvchilar (7 nafar asosiy shtatda, 1 nafar tashqi о‘rindosh, 3 nafar soatbay) faoliyat kо‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafari professor, 5 nafari pedagogika fanlari nomzodi va dotsent, 3 nafari katta о‘qituvchi va 2 nafari о‘qituvchi lavozimida ishlamoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv rejaning “Ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogik mahorat” blokidagi “Ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasi”, “О‘quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari”, “Muloqot madaniyati”, “Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish psixologiyasi”, “Yoshlar bilan ishlash psixologiyasi va muloqot madaniyati” kabi о‘quv modullari bo‘yicha malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tadilar. Shu bilan birga “O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari”, “Yoshlar yetakchilari”, “Amaliyotchi psixologlar” guruhlariga bevosita rahbarlik qiladi.
Bundan tashqari, kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi va tuman xalq ta’lim bо‘limi, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda seminar-treninglar, davra suhbatlari о‘tkazilib, amaliy-metodik yordam kо‘rsatilmoqda.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: