Turdiqulov Eshboy Otaqulovich. Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Pedagogika, psixologiya va pedagogik menejment” kafedrasining tashkilotchilaridan biri, dastlabki kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor.
O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ni 1962 yilda geofizik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1972 yilda fan nomzodi, 1983 yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olib, 1985 yildan professor unvoniga sazovor bo‘lgan. Chop etilgan ilmiy ishlari soni 250 dan ortiq.
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” (1987 yil). 1985 yilda Yugoslaviya va Mokedoniyada, 2000 yilda Buyuk Britaniyada bo‘lib, xorij ta’lim tizimini o‘rgangan.
Fizika fanining uslubiy muammolari, fanlararo bog‘lanish, ekologik ta’lim-tarbiya muammolari, yangi pedagogik texnologiya, barqaror ta’lim, integratsiyalashgan ta’lim, tabiiy fanlarni integratsiyalab o‘qitish, pedagogika tarixi (ekologiya yo‘nalishida), mustaqil ta’lim masalalari bilan shug‘ullanadi.
E.O.Turdiqulov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ID-1-3 “Uzluksiz ta’lim jarayonida o‘quvchilarda umumbashariy ekologik dunyoqarashni shakllantirish (I.A.Karimov asarlari asosida)” innovatsion loyihasi (2009 – 2010) muvaffaqiyatli bajarildi hamda bugungi kunda IXT-2012-1-14 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlar mazmunini uzviyligini ta’minlash texnologiyasi” innovatsion (2012 – 2013) hamda A7-XT-1-29687 “O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” amaliy loyihalari (2012 – 2014)ga rahbarlik qilmoqda.
E.Turdiqulov tomonidan “O‘quvchilarda umumbashariy ekologik dunyoqarashni shakllantirish (I.A.Karimov asarlari vositasida)” monografiya (Fan, 2010 yil), “Tabiatni seving, ardoqlang” to‘garak rahbarlari va a’zolari uchun qo‘llanma (Bioekosan, 2010 yil), “Uzluksiz ta’lim jarayonida matematika va tabiiy fanlar uzviyligini ta’minlash (Fan va texnologiya, 2012.), “Yoshlar va ekologiya: Ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning roli” (O‘zPFITI; 2010) kabi ilmiy risola va qo‘llanmalar yaratilgan.
Hozirgi kunda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Tabiiy, ilmiy hamda aniq fanlarni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti” laboratoriyasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: