Axborot-resurs markazi

ARM ning 2016 yildagi faoliyati haqida

ARM institutning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib hisoblanadi. ARMninh faoliyati institut ish rejasiga asosan olib boriladi. ARM O‘zbekiston Respublikasi XTV ning 27.02.2009 yildagi 46-sonli buyrug’iga asosan kutubxona negizida tashkil etilgan.

ARMning umumiy maydoni – 126.4 kv.m; abonement – 1; o‘qish zali – 1, 30 o‘ringa mo‘ljallangan. Texnika vositalaridan 6 ta kompyuter, skaner, printer va kserokopiya mavjud.

2016-yilda ARMning umumiy fondi-13517 dona bo‘lib, shundan; electron kitoblar-1553ni tashkil etadi.ИРБЕС га киритилган адабиётлар сони: 946та.

2016 yil oktabr oyida 32 nomda metodik qo‘llanmalar kutubxonaga qabul qilindi.

Internet tarmog’i mavjud.

Shtat jadvaliga muvofiq 2 kishi faoliyat yuritadi. Bular: Umarova I. – ARM mudiri, ma’lumoti oliy (ToshDMI), institutda ish staji – 1 yil. Egamova S. – kutubxonachi, ma’lumoti – oliy (ToshDSHI), institutdagi ish staji – 1 yil.

ARM ning asosiy vazifasi – foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish va adabiyotlarni targ’ib qilish (turli axborot uzatish vositalarida). Buning uchun ARM xodimlari kitobxonlar bilan ishlashning barcha usul va shakllarini: og’zaki, ko‘rgazmali, bosma va boshqa usullarni qo‘llaydilar, shu bilan birga AKTni qo‘llash bilam bog’liq yangi ish usullaridan foydalanadilar. Misol uchun virtual ko‘rgazmalar (elektron ko‘rgazmalar), multimedia taqdimnomalari va boshqalar unumli ishlatiladi.

ARM xodimlari tomonidan turli tantanali marosimlar va sanalarga, shoir, yozuvchi va rassomlarning yubileylariga bag’ihlangan kitob ko‘rgazmalari uyushtiriladi, tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yhati tuziladi (boshlang’ich sinflar, milliy va rusiyzabon maktablarning rus tili fani o‘qituvchilari, tarix va huquq fanlari o‘qituvchilari uchun tavsiyaviy adabiyotlar ro‘yhati tuzilgan), kitobxonlar uchun individual va guruhli ishlar va x.k. olib boriladi. ARM Toshkent viloyati pedagog kadrlarning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlik qiladi.

2016 yilda ARM uchun yangi 24 ta kitob ko‘rgazma javoni (stellajlar) bilan ta’minlandi. Bu bilan tinglovchilarni ARM kitob fondlari bilan tanishtirish imkoniyatlari kengaydi (“Yangi adabiyotlar” va “Yangi darsliklar” deb nomlangan doimiy kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi). 2016 yil davomida 10 ta kitob ko‘rgazmasi va 9 ta ichki ko‘rgazmalar uyushtirildi. ARMning faoliyati institut kafedralari bilan hamkorlikda olib boriladi. Jumladan, 2016 yil 9 fevralda 172-maktabda boshlangich ta’lim o‘qituvchilari uchun Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlangan “Alisher Navoiy – g’azal mulkining sultoni” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.

2016yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab “O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat”kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

2016-yil 1 oktabrda o‘qituvchilar kuniga bag’ishlab “O‘qituvchilar- sizlar uchun” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

2016-yil 6 dekabrda “Ijtimoiy-iqtisodiyn fanlar ” kafedra o‘qituvchilari bilan xamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstuitutsiyasining 24 yilligiga bag’ishlab instittut konferensiya zalida o‘zbek va rus tillarida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ARM tomonidan Konstitutsiyaga bag’ishlangan ko‘rgazmalar, slaydlar taqdim etildi.

2016 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Xalq shoiri Erkin Voxidov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab institutning konferensiya zalida “ El ardoqlagan shoir” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirda shoir asarlaridan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Xalqaro aloqalar va Badiiy tarjima bo‘limi ma’sul kotibi A.Alimbekov, adabiyotshunos olima X.Xamroyeva, shoirlar: R.Musurmon, N.Oston kabi taniqli ijodkorlar ishtirok etdilar.

ARM da yirik elektron baza tuzilgan bo‘lib, uning zahirasiga institut xodimlarining ma’ruzalari, “Zamonaviy ta’lim kutubxonasi” rukni ostidagi kitoblar majmuasi (79 ta kitob), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, elektron darsliklar, multimedia taqdimnomalari, videofilmlar kiritilgan.

2011 yildan beri ARM da “IRBIS” dasturi negizida elektron katalogini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

2016 yilning 1 yanvari holatiga elektron katalogga 946 turdagi materiallar kiritilgan. Institut xodimlari maktab kutubxonalari va maktab ARMlari xodimlariga kutubxona va kutubxonashunoslik masalalari bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.