O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 17-avgustdagi №188-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy hamda an’anaviy shaklda qayta tayyorlash kurslariga hujjatlar qabul qilishni boshladi:
1. “Xalq ta’limi tizimida oliy pedagogik ma’lumotli kadrlarni turdosh mutaxassislikka kasbiy qayta tayyorlash yo‘nalishlari”
O‘qish muddati: 8 oy davomida (972 soat)
2. “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlash yo‘nalishlari”
O‘qish muddati: 4 oy davomida (576 soat)
Markazimiz ushbu yo’nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni AQSh, Germaniya, Braziliya, Avstriya, Nigeria, Britaniya, Rossiya, Xitoy va Kanada kabi davlatlarning ilg’or tajribalari asosida tayyorlab kelmoqda.
Talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish o‘quv yili davomida uzluksiz amalga oshiriladi. O‘qishga hujjat topshirish har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlov kurslarida masofaviy hamda an’anaviy o‘qish istagini bildirganlar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100031, Mirobod ko‘chasi, 14
Tel.: (99871) 215–52–94
Website: www.giu.uz
E-mail: toshkent_markaz@umail.uz
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: