Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Koreya Respublikasining Seul ta’lim departamenti bilan 1995 yil 22 mayda imzolangan bir-birini tushunish memorandumiga muvofiq va tashqi ishlar vazirligining roziligi bilan joriy yilning 8-15 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining 7 nafar Seul ta’lim departamenti xodimlari Toshkent shahriga xizmat safari bilan kelishdi. Tashrif davomida tajribali 3 nafar ( Kim Yong Il –Boshqaruvchi, Ryu Gvan Seon – o‘qituvchi, Li Sang Min – o‘qituvchi) trenerlar tomonidan 11-14 sentabr kunlari to‘rt kun davomida Yunusobod tumanidagi 327-sonli umumta’lim maktabning smart-plot sinfida 25 nafar informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy semenari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni ushbu o‘quv-amaliy semenar boshlanishi oldidan delegatsiya a’zolari bilan 327-maktabning smart-plot sinifida tayyorgarlik ishlari olib borildi.
2017 yil 11 sentyabr kuni to’rt nafar ( Chyon Byung Xva – ta’lim va inovatsiyalar menejeri, An Yu Xo – bosh boshqaruvchi, Li Su Xyong – bosh boshqaruvchi, Byon Yun Xo – kichik xodim) delegatsiya a’zolari Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida uchrashuv o‘tkazishdi.
Shuningdek, joriy yilning 15 sentyabr kuni o‘quv-amaliy mashg‘ulot yakunlari bo‘yicha ham soat 1000 dan 1200 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv belgilangan.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: