O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda bosqichma-bosqich 11 yillik majburiy o‘rta ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 2017 yil 2 avgust kuni yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2017 yil 7 avgustda navbatdan tashqari hay’at majlisi o‘tkazildi, majlisda 11 yillik majburiy o‘rta ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bir qator istiqbolli rejalarni amalga oshirish belgilab olindi.
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi XTXQTUMOMI tomonidan joriy yilning 11-12 avgust kunlari respublika o‘quv ko‘rslarini 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘quv kursida jami 25 nafar fani o‘qituvchilar trener sifatida ishtirok etishdi. Shundan 11 nafari Toshkent shahar XTXQTUMOI professor-o‘qituvchilarini tashkil etadi.
Yuqoridagi masala yuzasidan joriy yilning 14-15 avgust kunlari Toshkent shahar XTXQTUMOI tomonidan o‘quv kurslarining 2-bosqichi o‘tkazildi. O‘quv kursida Toshkent shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 235 nafar fan o‘qituvchilari 2017-2018 o‘quv yilida 10-sinflarda dars beradigan o‘qituvchilar uchun o‘tkaziladigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.
O‘quv kursidan ko‘zlangan maqsad – ta’lim muassasalari rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar va yoshlar yetakchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan rahbar xodimlar safini kengaytirish, tashabbuskor yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlariga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, bir oy muddatda maktab, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar, qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini ommalashtirish, ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni yanada takomillashtirish masalalariga qaratilgan.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: