Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi sifati va samaradorligini ta’minlashning dolzarb masalalar

Joriy yilning 20 oktabr kuni Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F-sonli farmoyishi ijrosi to‘g‘risida”gi 46-son buyrug‘i asosida “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi sifati va samaradorligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda qayta tayyorlash va malakani oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari keng muhokama etildi:
1. Xalq ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarini malakasini oshirish sifatini rivojlantirishlagi muammo va еchimlar.
2. Ta’limda ijtimoiy fanlarni o‘qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
3. Til va adabiyot ta’limini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishning ilmiy-pedagogik masalalari.
4. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari.
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sifat-samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar.
Shu bilan birga mazkur ta’lim muassasasi ya’ni, Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etilganligining 60 yillik yubileyini ham alohida qayd etib o‘tish joizdir.
Anjumanda oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish institutlari professor-o‘qituvchilari, xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi bo‘limlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlari, institutda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari ihtirok etishdi.

 


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!