2019-yil 2-aprel kuni respublikamizning barcha Axborot-resurs markazlari hamda umumta’lim maktablarining kutubxonalarida “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 118- umumta’lim maktabida ham xuddi shu tadbir juda ko‘taringi ruhda bayramona tarzda o‘tkazildi.
Maktab hovlisida G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda kitob savdosi tashkil etildi.
Ushbu kitob bayramida barcha ota-onalar farzandlari tanlagan ajoyib adabiyotlarni xarid qildilar va kitob ichiga estalik dastxatlarini yozgan holda sovg‘a tariqasida taqdim etdilar. Tadbirni mazmunli tashkil qilishda Nizomiy nomidagi TDPUhuzuridagi XTXQTMOHM ning Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi I.P.Umarova maktabga yaqindan yordam berdi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida barcha rahbar xodimlar va taniqli olimu-ulamolarga o‘zlari o‘qigan maktablarining kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilishlari tashabbusiga “Labbay” deb javob bergan olim va shoir Xamidjon Toxirjonov ham mazkur maktab kutubxonasiga 40 ta kitob sovg‘a qilishi yosh kitobxonlar va ularning ota-onalarida kitob o‘qishga qiziqishlari yanada ortishiga turtki bo‘ldi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: