2019-yil 5-aprel kuni Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Toshkent shahar xalq talimi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Xalqaro tadqiqotlar – maktab ta’limi samaradorligini aniqlovchi indikator sifatida” mavzusida seminar o‘tkazdi.
Seminar hududiy markaz direktori S.S.Jumanazarov rahbarligida olib borildi. Seminarda D.D.Islamova – TSHXTBB boshlig‘i o‘rinbosari “Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish” mavzusida ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaz “Aniq fanlar tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi B.Q.Haydarov “O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholashga innovatsion yondashuv”nomli ma’ruzasi orqali xalqaro tadqiqotlarning maqsadi, o‘tkazilish tartibi, shu davrgacha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tahlili, matematika, fizika fanlariga doir topshiriqlarning mazmuni haqida ma’lumot berdi. “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi D.S.Azamatovaning “PISA tadqiqotida tabiiy fanlar” ma’ruzasida tabiiy fanlarga oid topshiriqlar bilan tanishtirildi.
“PIRLS – boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish hamda tushunish darajasi va sifatini baholash xalqaro tadqiqoti” “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi G.A.Mamatova tomonidan yoritib berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: