Xorijlik mutaxassis bilan hamkorlik

Toshkent shahar XTXQTMOHMga biriktirilgan Prezident maktabiga taklif etilgan xorijlik mutaxassis Rychard Paszkowski bilan markazning professor-o‘qituvchilarining davra suhbati bo‘ldi. Markaz rahbariyati bilan maktablardagi o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash tartibi bo‘yicha suhbatlashdi. O‘zi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quvchilarning fanlardan o‘zlashtirishini monitoring qiluvchi materiallari bilan o‘rtoqlashdi. So‘ngra joylarda “Tayanch maktablar”idagi olib boriladigan ishlar muhokama etildi.
Markazning “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari”, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyasi” kafedrasining faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv jarayonida variativ o‘quv dasturlari, xorijdagi malaka oshirish tizimi, malaka oshirishdan so‘ng o‘qituvchilarning faoliyatini monitoringi, xususiy va davlat maktablaridagi o‘quv rejalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishdi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!