Bugungi kun o‘qituvchisi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olmasa, zamon bilan hamohang bo‘lmasa, o‘z ustida ishlashni doimiy kundalik tartibiga aylantirmasa kompetentli o‘qituvchi darajasiga ko‘tarila olmaydi.Bugungi kun o‘qituvchilari oldida o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalangan holda darslarni tashkil etish o‘zining dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda 2017-yil 18-sentyabrda institutning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nabijon Narziev tomonidan tarix fani o‘qituvchilari ishtirokida 4 soatlik ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ochiq dars “Zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ularning maqsad va vazifalari”, “Tarix darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish usullari”, “Muammoli ta’lim yondashuvlari: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzularida o‘tkazildi. Ochiq dars mashg‘uloti nazariy va amaliy ko‘rinishda olib borilib, zamonaviy ta’lim yondashuvlari tarix fani misolida ochib berildi. Jumladan, mashg‘ulotlarda innovatsion ta’lim va uning tarkibiy qismlari, samarali maqsad mezonlari, o‘qitish turlari, zamonaviy ta’lim yondashuvlarida “O‘quv sikli” texnologiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim komponentlari, o‘qitishning interfaol metodlari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga tarqatma va elektron materiallar tavsiya sifatida berildi.
Zamonaviy ta’lim yondashuvlari – davr talabi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: