“Zulfiyaxonim” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri

2017-yil 24-mart kuni institutning 1-04 ma’naviyat xonasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvarda imzolagan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida va shoira Zulfiyaxonim oyligi munosabati bilan kurs rahbari G. Mamatova va boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari malaka oshirish guruhi tinglovchilari tomonidan “Zulfiyaxonim” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri о‘tkazildi. Unga “О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi”ning a’zosi, shoira Zulfiyaxonimning shogirdi, shoira Umida Abduazimova mehmon sifatida taklif etildi.

Tadbirda shoira Umida Abduazimova Zulfiyaxonimning hayot yо‘llari tо‘g‘risida о‘z xotiralari bilan о‘rtoqlashdi. Tinglovchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish qilindi, shoira ijodidan namunalar ijro qilindi. Bundan tashqari, Umida Abduazimova ham о‘z she’rlaridan о‘qib berdi. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilariga bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bо‘yicha о‘z tavsiyalarini aytib о‘tdi. Tinglovchilar shoiraga о‘z savollari bilan murojat qilishdi va kerakli javoblarni olishdi. Mazkur tadbir tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.


Saytda xatoni uchratsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing va sayt boshqaruvchisiga xabar bering!